QORAQALPOQ TILIGA INGLIZ TILIDAN SO‘Z O‘ZLASHISH TARIXI, SABABLARI VA YO‘LLARI
Mazkur maqolada qoraqalpoq tiliga ingliz tilidan so‘z o‘zlashish jarayoni tarixiy, sotsiolingvistik va lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari inglizcha leksik birliklarning qoraqalpoq tiliga kirib kelishi ikki asosiy bosqichda kechganini ko‘rsatadi: sovet davrida rus tili vositachiligida amalga oshgan bilvosita o‘zlashish hamda mustaqillik davrida kuchaygan bevosita o‘zlashish jarayoni. Sovet davrida rus tili ilm-fan, texnika va ma’muriy boshqaruv sohalarida yetakchi kommunikativ vosita bo‘lgani sababli ingliz tiliga mansub ko‘plab internatsional terminlar avvalo rus tilida normativlashib, keyinchalik qoraqalpoq tiliga fonetik, grafik va morfologik moslashuv orqali kirib kelgan. Mustaqillik davrida esa globallashuv, bozor iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va xalqaro aloqalarning kengayishi natijasida ingliz tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashmalar soni ortgan. Tadqiqotda o‘zlashish jarayonining ekstralingvistik (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar) hamda lingvistik (nominativ ehtiyoj va terminologik aniqlik) sabablar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, o‘zlashmalarning yozma va og‘zaki kommunikatsiya kanallari orqali tarqalishi hamda ularning qoraqalpoq tilining zamonaviy leksik tizimi va terminologiyasini boyitishdagi o‘rni tahlil qilinadi
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola