INGLIZ TILIDAGI KARDIOLOGIK QISQARTMALARNING O‘ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI STRUKTUR-SEMANTIK MUAMMOLAR
Ushbu maqolada ingliz tilidagi kardiologik qisqartmalarning o‘zbek tiliga tarjimasida kuzatiladigan struktur-semantik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy kardiologik diskursda faol qo‘llaniladigan akronimlar, initsializmlar va ulanma qisqartmalarning hosil bo‘lish modellari, semantik xususiyatlari va tarjima strategiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, qisqartmalarning birma’nolilik darajasi, ko‘p ma’nolilik bilan bog‘liq xavflar, professional va ommabop registrlar o‘rtasidagi tafovutlar hamda inglizcha qisqartmalarning o‘zbek tiliga moslashtirilish usullari yoritiladi. Tadqiqotda terminologik yondashuv, struktur-semantik tahlil va qiyosiytavsifiy metodlardan foydalaniladi. Natijada kardiologik qisqartmalarni tarjima qilishda internatsional shaklni saqlash, milliy ekvivalent yaratish, kengaytirib tarjima qilish va aralash modellarni qo‘llashning imkoniyatlari hamda cheklovlari aniqlanadi.
Maqola sahifasiga o'tish
Maqola